TAMSHUSHDARYO

TAMSHUSHDARYO — Surxondaryo viloyatidagi Daryo. Xisor tizmasining Janubdan boshlanadi. Uzunligi 38 kilometr, havzasining maydoni 380 kilometr kvadrat. Daryoga 22 ta soy quyiladi. Tamshushdaryo o’zanining kengligi 60 metr, qirg’oqlari tik va baland. O’rtacha yillik suv sarfi 6 metr/sekund. To’polondaryoga quyiladi. Qoryomg’irdan to’yinadi. Bahorda suvi ko’payadi, tez-tez sel keladi. Vodiysida o’tloqlar bor, yovvoyi tok, tol, olcha, bodom, do’lana o’sadi. Tamshushdaryo Tamshush, Shartut qishloqlari va chorva yaylovlarini suv bilan ta’minlaydi.