TANGE KENDZO
TANGE KENDZO (1913.4.9, Imabari) — yapon me’mori. Tokio universitetini tugatgan (1938). Binolarni atrof muhit bilan uyg’unlashtirib, qulay, ixcham va chiroyli qurish yo’llarini izlagay, milliy me’morlik an’analarini ijodiy rivojlantirgan. An’anaviy yog’och qurilmani zilzilabardosh temirbeton qurilmaga aylantirib, undan mahobatli, sirli, bezakdor, murakkab loyihadagi “zamonaviy arxitektura” inshootlarini o’ziga xos ko’rinishda yaratdi: Xirosimadagi tinchlik parki ansambli (1951— 52), Sidzuokedagi majlislar zali (1957), Tokiodagi Olimpiada o’yinlari sport inshootlari majmui (1964), Xirosimadagi xalkaro konferentsiya markazi (1989), Iokogamedagi san’at muzeyi (1989) va boshqalar. Jeneva (1959), Skope (1965), Bolonya (1970)dagi, shuningdek, Singapur, Tailand, Avstraliya, Bruney (1989) shaharlaridagi Tange kendzoning loyihasi asosida qurilgan binolar, shaharlarni zamonaviy davr talabida qurish yo’lidagi ijodiy yutug’i namunalaridir. Ijodining yangi qirralari Tokiodagi “Tokio uymehmonxonasi” (2000), Tayvandagi Xalqaro prezident minorasi (2001) kabi zamonaviy inshootlarda o’z aksini topmoqda. Tange kendzo ko’pgina xorijiy mamlakatlar faxriy unvonlariga sazovor bo’lgan, shuningdek, orden va medallar sovrindori. Ad.: Kendzo Tange, Arxitektura Yaponii. Tradisiya i sovremennost, M., 1976.