TARJE
TARJE, tarji’ (Arabcha— qaytarish, takrorlash, Naqarot) — Shashmaqom cholg’u bo’limi tarkibidagi asosiy qismlardan biri. U rost maqomidan tashqari barcha maqomlarda mavjud bo’lib, turkumda ikkinchi o’rinni egallaydi. Tarjelar makom nomlari bilan qo’shilib, Tarjei Buzruk, Tarjei Navo, Tarjei Dugox., Tarjei Segoh, Tarjei Irok, deb yuritiladi. Bularning aksariyati tasnif qismiga xos, Iroqda esa kattaroq 5 takt hajmidagi doyra usuli jo’rligida keladi. Tarjelar shakli “xona” va “bozgo’y” kuy tuzilmalarining almashinuvi natijasida gavdalanadi. Parda tuzilishi va kuy mavzui bo’yicha Tarjelar bir biridan farq qilib har bir maqomning tayanch pog’onalari zaminida yuzaga kelgan ohanglardan hosil bo’ladi. Ularning kuy rivoji jarayonida peshrav uslubi etakchilik qiladi. Tarjelar tasniflarga ko’ra biroz tezroq, harakatchan sur’atda bo’lib, yakka yoki cholg’u jo’rnavozligi tarzida ijro etiladi. Ad.: Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.