TARKI
TARKI — o’rta asr shahri. Maxachqal’a (Dog’iston)dan 4 km masofada, Kavkaz tog’lari va Kaspiy dengizi oralig’idagi tor tog’lik yerda, qumiqlar yashaydigan hududda joylashgan. Volga bo’yidan Zakavkaze va Eronga boruvchi savdo yo’li Tarkidan o’tgan. 1396 yil Amir Temur Tarkida bo’lgan. 16-17-asrlarda Tarki Shamxalning poytaxti bo’lgan. 17-asrda — Shamxal qal’asi va saroyi bo’lgan kichik shahar. 16-17-asrda shahar bir necha harbiy tajovuzlarni boshidan kechirgan. 1668 yil S. Razin otryadlari Tarkini talon-taroj qilgan. 1821 yil Tarkida tog’tepasida ruslarning Burnaya qal’asi qurilgan. 1844 yil Tarki yaqinida Petrovskoye istehkomi (hozirgi Maxachqal’a shahri) qurilgan.