TARXANKUT YARIM OROLI
TARXANKUT YARIM OROLI – Qrim yarim orolining g’arbiy chekkasi. Qora dengizga tutash. Yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi — Tarxankut balandligi (179 metr). Asosan, ohaktoshlardan tuzilgan. Har xil o’tlar, shuvoqboshoqli dasht o’simliklari o’sadi. Qiya jarliklarda butazorlarbor.Tarxankut yarim orolining janubi g’arbida Tarxankut burni joylashgan.