TAUNGU

TAUNGU — Myanmaning Januni sharqidagi o’rta asr davlati. Sitaun daryosi sohilidagi tepalik ustiga qurilgan istehkom (taungu) sifatida 1280 yil vujudga kelgan. Taungu shahar atrofida barpo etilgan. 1347 yil Taungu hokimi qirol unvonini qabul qilgan. Ava davlati qulagach (1527), Taungu yagona, yirik, mustaqil birma davlati bo’lib qolgan. 16-asrda uning hokimlari parchalangan Birmani Taungu atrofida birlashtirishga uringanlar. Qirol Bayinnaun bunga erishgan. Uning davrida (1551-81) birma kuchli davlatga aylangan.