TAXTAQORACHA
TAXTAQORACHA — Zarafshon tizmasidagi dovon. Samarqand viloyati bilan Qashqadaryo viloyati orasida, balandligi 1675 metr. Zarafshon tizmasining dovondan Sharkdagi qismi balandroq bo’lib, Chaqilikalon tog’i deb yuritiladi. Qoratepa tog’i g’arbga tomon pasayib borib, Zirabuloq va Ziyovuddin tog’lariga tutashadi. Taxtaqoracha orqali Samarqanddan kitob va Shahrisabzga karvonlar katnagan (hozir ham qisqa yo’l sifatida foydalaniladi). Dovonning Samarqand (Omonqo’ton) tomoni nisbatan qiya. Kitob tomoni esa tikroq.