TANNIN
TANNIN (Fransuzcha tanner — terini oshlash) — o’simliklarda ko’plab uchraydigan fenolli birikma. Tannin — amorf ochsariq kukun. Suvda, gliserinda, sirka efirida eriydi. Suvdagi eritmasi — kolloid eritma, kislotali reaktsiyaga ega, polyarizasiya tekisligini o’ngga buradi. Oqsillar va ba’zi tabiiy polimerlar (tsellyuloza, pektin moddalari) bilan mustahkam bog’ hosil qiladi. “Tannin” termini dastlab (18-asr oxirida) suvdagi eritmasi xom terini oshlash xossasiga ega bo’lgan o’simlik moddalari aralashmasiga aytilgan. Tanninga tabiatda uchraydigan, molekulyar modda 500 dan 3000 gacha bo’lgan (tarkibida fenolli gidroksil guruh soni ko’p bo’lgan) birikmalar kiradi. Tannin teri oshlashda, bo’yoqchilikda xurush sifatida va tibbiyotda qo’llanadi.