TO’LG’AMA
TO’LG’AMA — jang chog’ida g’anim kuchlarini qanotlardan aylanib o’tish, yon va orqa tomondan zarba berish. O’rta asrlarda mo’g’ul va turkiylar, xususan, Shayboniylar tarafidan muxrrabalarda muttasil qo’llangan maxsus harbiy taktik amaliyot. Amir Temur armiyasida bunday taktik amaliyotni amalga oshiruvchi alohida qism mavjud bo’lgan va u Qunbul (qutbul) atamasi bn nomlangan. To’lg’amaga binoan, dushman kuchlari qanotlardan kuchli hujumga uchragan va parokanda qilingan. “To’lg’ama” atamasi “Boburnoma”da qayd etilgan. Shayboniyxon tomonidan aynan To’lg’amaning qo’llanishi natijasida 1500 yil Saripulda bo’lgan jangda Bobur mag’lubiyatga uchragan edi. “Boburnoma”da yozilishicha: “O’zbekning urushda bir ulug’ hunari ushbu to’lg’amadur, hech urushi to’lg’amasiz bo’lmas”. Bobur ushbu taktik amaliyotni keyinchalik o’zlashtirgan va qator janglarda, xususan, 1526 yil Panipatda Sulton Ibrohim Lo’diy bilan bo’lgan to’qnashuvda qo’llagan.