TO’Y
TO’Y — bazmtomosha va ziyofat bilan nishonlanadigan xalq marosimlarining umumiy nomi. O’zbeklarda nikoh to’yi, beshik to’pi, xatna to’yi, hovli to’yi va boshqa turdagi To’ylar o’tkaziladi. To’ylarni o’tkazish jarayonida insonparvarlik, izzatikrom, Mehribonlik, mehmonnavozlik, inoqlik kabi olijanob fazilatlar yorqin o’z ifodasini topadi. Inson zotini qadrlash, hurmatlash va ulug’lashda To’ylar beqiyos qimmatga ega. To’y bir kishining shaxsiy ishi bo’lmay, u keng jamoatchilik tashabbusi va ishtiroki bilan o’tadigan tantanadir. Shuning uchun To’ylarni zamon talabi darajasiga ko’tarish doimo muhim hisoblanadi. To’ylarni o’ziga xos bayram tarzida tashkil etish, ularni har tomonlama tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa, badiiy jihatdan boyitish hozirgi davr talabidir.