TULUZA
TULUZA — Frantsiyaning Janub qismidagi shahar. Yuqori Garonna departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 398,4 ming kishi (1999). Transport yo’llari tuguni. Garonna daryosi bo’yidagi port. Aviatsiya, raketasozlik, radioelektronika, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet, rassomlik va haykaltaroshlik muzeylari bor. Kosmik tadqiqotlar markazi. Me’moriy yodgorliklardan 11 —18-asrlarga oid binolar, xususan, roman cherkovi (11 —13-asrlar), romangotika sobori (12-16-asrlar) va boshqalar saqlangan. Tuluza o’rnida miloddan avvalgi gallar qabilasining manzilgohi bo’lgan.