EPIKUREIZM
EPIKUREIZM — Epikur g’oyalaridan kelib chiqqan ta’limot. Afinadagi maktabi — Epikur “bog'”i. Epikur falsafadan saboq bergan bu “Bog'”da dastlab Metrodor, Polien, Ermarx, Kolot (miloddan avvalgi 4-3-asrlar), so’ng Sidonlik Zenon, Fedr, Filodem (miloddan avvalgi 2-1 asrlar) singari taniqli faylasuflar etishib chiqqan. Epikureizmning Rimdagi eng yirik namoyandasi — Lukresiy. Epikur maktabi milodiy 4-asr o’rtalarigacha yashab keldi. Uyg’onish davrida yangitdan, keyinchalik, 17-18-asrlarda materialistik va ma’rifatchilik oqimlari (P.Gassendi)da rivojlandi. Hayotning moddiy quvonchlarini, rohat, farog’atni afzal ko’radigan odamlarni epikurchilar deb ataydigan bo’ldilar.