ERKMAN-SHATRIAN

ERKMAN-SHATRIAN — hamkorlikda ijod etgan ikki frantsuz yozuvchisining nomi: Emil Erkman (1822.20.5, Falsbur — 1899.14.3, Lyunevil) va Sharl Lui Graten Aleksandr Shatrian (1826.18.12, Legransolda — 1890.3.9, Vilmombl). Ularning adabiy hamkorligi 1848 yildan boshlangan. Dastlabki asari — “afsonaviy qissa va ertaklar” (1849). “Mashhur doktor Mateus” (1859) ilk romani keng Shuhrat qozongan. Adabiy merosining asosiy qismini milliy tarixiy romanlar (“Aqlsiz Egof…”, 1862; “Terezaxonim”, 1863; “Vaterloo”, 1865; “Qamal…», 1867; “bir dehqon tarixi”, 1868-70 va boshqalar) tashkil etadi. “Xalq farzandi tarixi” romani (1865) Parijdagi 1848 yil voqealariga bag’ishlangan. Pesa, opera, librettolar ham yozishgan. Ad.: 3olya E., Erkman-Shatrian, Sobr. soch., t. 24, M., 1966.