TAMBOV VILOYATI

TAMBOV VILOYATI – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937 yil 27 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 34,3 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1179,6 ming kishi (2002), asosan, ruslar (97,2%), shuningdek, ukrain, Belorus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. 23 tumanga bo’lingan, 8 shahar, 12 shaharcha bor. Markazi — Tambov shahari. Boshqa yirik shaharlari: Michurinsk, Morshansk. Shahar aholisi 57,2%. Tabiati. Tambov viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markazida joylashgan va OkaDon (Tambov) pasttekisligining Markaziy qismini egallaydi. Jar ko’p. O’rtacha balandligi 110— 115 metr (eng baland joyi 219 metr). Foydali qazilmalari: har xil gillar, ohaktosh, qumtosh va fosforitlar. Daryo vodiysida torf yotqiziqlari bor. Iklimi mo’tadil kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi — 10,5°, — 11,5°, iyulniki 19,4°-20,5°. Yillik yog’in 450-500 millimetr. Vegetatsiya davri 185 kun. Daryolari: Sna va uning irmoqlari. Hududining 10% o’rmon. Xo’jaligi. Tambov viloyati — industrial-agrar rayon. Sanoat ishlab chiqarishida og’ir sanoat — mashinasozlik, metallsozlik (yalpi sanoat mahsulotining 45%), yengil sanoat (29%) va oziq-ovqat sanoati (26%) tarmoqlari alohida o’rin tutadi. Kimyo mashinasozligi korxonalari Tambov (“Tambovpolimermash”), Morshansk va Pervomayskiyda (“Ximmash”); Tambovda vagon ta’mirlash, Michurinskda Lokomotiv ta’mirlash zdlari bor. Tambov, Michurinskda avtomobil va traktor ehtiyot qismlari, Morshanskda teplovozlar uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Anilinbuyoq, texnik rezina buyumlari zdlari (Tambov), qadimgi sanoat tarmokqlaridan movut kombinati (Rasskazovo, Morshansk), tikuvchilik fabrikalari (Tambov, Michurinsk, Morshansk), un, shakarqand, moy, go’sht, tamaki korxonalari ishlab turibdi. Qishloq xo’jaligida g’alla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka ekiladi. Sabzavotchilik, bog’dorchilik rivojlangan. Chorvachiligi sutgo’shtga ixtisoslashgan. Xo’jaliklarida qoramol, cho’chqa, qo’y va echki, parranda boqiladi. Temir yo’l uzunligi 736 kilometr. Qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uzunligi 5120 kilometr. Sna daryosida kema katnaydi. Asosiy avtomagistrallari: Moskva — Tambov — Volgograd, Tambov — Eles — Oryol. 3 oliy o’quv yurti, jamoat kutubxonalari, filarmoniya bor. 25 taga yaqin sanatoriy-kurort va dam olish muassasasi faoliyat ko’rsatadi.