TANNU O’LA

TANNU O’LA — Tiva Respublikasining Jan.dagi tog’tizmasi, Yenisey daryosi yuqori okimi bilan Ubsunur ko’li havzalari orasidagi suvayirgich. Uzunligi 300 kilometrga yaqin. O’rtacha balandligi 2500-2700 metr. Tannu O’la G’arbiy (eng baland joyi 3061 metr) va Sharqiy (eng baland joyi 2591 metr) qismlarga bo’linadi. Paleozoy kontinental va dengiz yotqiziqlari (qumtosh, ohaktosh, gilli slanes, granit va konglomeratlar)dan tashkil topgan. Tog’etaklari va yon bag’irlarida 2000 metrgacha kashtan va qora tuproqda tog’ dashti o’tlari, undan yuqorida tog’sur va podzol tuproqlarda siyrak tayga, tog’tepalarida qurum va baland tog’tundra o’simliklari keng tarqalgan.