G’
G’ — o’zbek kirill alifbosining o’ttiz to’rtinchi harfi. Chuqur til orqa, shovqinli, sirg’aluvchi, jarangsiz undosh tovushni ifodalaydi. Qo’llanishiga ko’ra uncha faol emas, lekin har qanday undosh va unli bilan yonma-yon keladi. So’zning boshi (g’alaba, G’arb, g’uncha), o’rtasi (og’iz, tug’ma, to’g’ri) va oxirida (dimog’, yorug’, ulug’) qo’llanishi mumkin. Ba’zan oxiri G’ bilan tugagan so’zlarga g bilan boshlanadigan affikslar qo’shilganda, har ikki tovush assimilyatsiyaga uchrab, q tarzida talaffuz etiladi va shunday yoziladi: tog’+ga>toqqa, tug’+gan>tuqqan, tog’+gacha>toqqacha. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan deyarli barcha yozuvlarda o’ziga xos belgi shakllarga ega.