G’AFUROV ASHIR
G’AFUROV ASHIR (1876-1941) — yog’och o’ymakori, naqqosh. G’afurov ijodida islimiy naqsh, choka pardozni keng qo’llagan, zaminni chekma usulida bezagan; dilali o’yma eshik va darvozalar ustasi sifatida tanilgan. O’zbekiston xalq xo’jaligi ko’rgazmasi (hozirgi Badiiy ko’rgazmalar direktsiyasi binosi)ga 2 tabaqali eshikni tayyorlashda qatnashgan, eshik dilalari va atrofidagi hoshiya naqshlarni ishlagan (naqshlar orasida imzosi bor).
O‘xshash so‘zlar
- G’AFUR G’ULOM
- G’AFUROV IBROHIM
- G’AFUROV MAHMUDJON
- G’AFUROV SHAMSUDDIN
- G’AFUROVA DILBARXON
- G’AFUROV VALI G’AFUROVICH
- G’AFURJON QIZIQ MAMAYUSUPOV
- G’AFURBEKOV TO’XTASIN BOTIROVICH

