G’ALTAKCHALAR

G’ALTAKCHALAR (R1apogis1ae) – barcha chuchuk suv havzalarida o’troq yashaydigan ko’zli mollyuskalar oilasi. Chig’anog’i yassilashgan, ba’zan spiral naysimon (diametri 1,5—40 santimetr); kamdan-kam holda qalpoqsimon; chapga buralgan. 50 ga yaqin urug’i, bir necha yuz xil turi bor; barcha qit’alarda tarqalgan, lekin suv havzalarining tez oqadigan joylarida uchramaydi. Detrit va balchiq bilan oziqlanadi. Airim turlari shistosomatoz kasalligi gelmintlarini tarqatadi.