G’ARBIY AVSTRALIYA OQIMI
G’ARBIY AVSTRALIYA OQIMI — Hind okeanidagi sovuq yuza oqim. G’arbiy shamollar oqimining Avstraliya g’arbiy qirg’oqlari yaqinidagi shimoliy tarmog’i. Janubdan shimolga yo’nalgan. Suvining temperaturasi qishda 15-19° dan yozda 21-26° gacha. Tezligi yoz oylarida 0,9— 1,8 km/soat, qishda sekinlashadi. Janubiy yarim sharning tropiklarida Janubiy Passat oqimiga aylanadi.
O‘xshash so‘zlar
- G’ARB
- G’ARBIY BUG
- G’ARBIY FUROT
- G’ARBIY DVINA
- G’ARBIY OSIYO
- G’ARBIY BENGALIYA
- G’ARBIY VIRGINIYA
- G’ARBIY AVSTRALIYA

