YELKANLI KEMA SPORTI
YELKANLI KEMA SPORTI – yelkanli kemalar poygasi. Bunday poygalar belgilangan yo’nalishlar bo’yicha turli masofalarga o’tkaziladi. G’olib barcha poygalar natijasiga ko’ra aniqlanadi. Yelkanli kema sporti 18-asrda Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan. 1907 yilda Yelkanli kema sporti xalqaro uyushmasi (IYRU)ra asos solingan; u 100 ga yaqin mamlakat federatsiyalarini birlashtiradi. 1932 yildan Yevropa, 1922 yildan jahon birinchiliklari o’tkaziladi; 1900 yildan Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan.