YERCHOY

YERCHOY (Orthurus kokanicis) — ra’nodoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t, bo’yi 45 santimetrcha. Bo’g’iz barglari oddiy, poyadagilari qisqa bandli yoki bandsiz. Gullari sariq, 2-7 tadan burma to’pgulga yig’ilgan. Mevasi — murakkab, pista, O’zbekistonning tog’li tumanlarida o’sadi. Yerchoyning yer ostki qismi tarkibida Gein glikozidi, 0,42% gacha efir moyi, 36% dan ortiqroq oshlovchi moddalar, organik kislotalar va boshqalar bor. Efir moyining 85% chasi evgenol. Yerchoy xalq tabobatida tish kasalliklarini davolash va og’riqni qoldirishda, damlama va ekstrakti me’da-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.