TSUKERVANIK ISAAK PLATONOVICH

TSUKERVANIK ISAAK PLATONOVICH (1901.23.5, Boku – 1968.21.4, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1966). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1942). Kimyo fanlari Doktori (1940), professor (1940). Turkiston universitetini tugatgan (1927), organik kimyo kafedrasi mudiri (1938 yildan). Asosiy ilmiy ishlari aromatik birikmalarni alkillash va asillashga oid. Aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida alkillash usullarini ishlab chiqqan (1933-34). Bifunktsional birikmalar bilan alkillash reaktsiyalarini o’rgangan hamda galoid-, oksi-, alkoksi-, karboksi-, tsian – va nitro-hosilalar olish usullarini taklif etgan. Defoliantlar, desikantlar va o’stirish regulyatorlari sintezini amalga oshirgan (1963 yildan). As: issledovaniya neftey O’zbekistana, T., 1938; issledovaniya v oblasti alkilirovaniya yadra aromaticheskix soedineniy, Erevan, 1955.