TANTAL RUDALARI

TANTAL RUDALARI – tarkibidagi ta kontsentrasiyasi sanoatda foydalanish uchun texnik imkoniyat yetarli va iqtisodiy jihatdan foydali bo’lgan birikma va miqdordagi tabiiy mineral hosilalar. Tantal rudalarida tantal tarkibli 50 dan ortiq mineral bor. Tantal rudalari haqiqiy Tantal rudalari va kompleksli tantalniobiy rudalariga bo’linadi. Tantal rudalarining asosiy minerallari: kolumbittantalit, tantalit va man gantantalit, vojinit, mikrolit va boshqalar. Tantalniobiy rudalarining asosiy minerallari: kolumbit, gatchettolit, piroxlor, loparit, iksiolit. Bulardan Nb bilan birga nisbatan qimmatbaho ta qazib olinadi. Tantal rudalarida Ta2O5 ning o’rtacha miqdori 0,012 — 0,03%, ba’zan 0,24% (Bernikleyk, Kanada): tantalniobiy rudalari tarkibida T2O5 0,02— 0,05% bo’ladi. Tantal rudalari konlarining bir necha xil asosiy sanoat va genetik konlari mavjud. Natrolitiy tipidagi Nodir metalli pegmatitlarda Tantal rudalari albit, mikroklin, kvars, kam darajada spodumen yoki petalitdan, bir necha yuz metrdan 1-2 kilometrgacha bo’lgan zonal tomirli tanalardan iborat. Tantalli minerallanish Ta2O5: Nb2O5 1:1 dan 3:1 gacha bo’lgan nisbatda bo’lib, kolumbittantalit, vojinit, iksiolit, mikrolit va boshqa guruhlar minerallaridan tarkib topgan. Nodir metalli tantalli granitlar (apogranitlar) katta bo’lmagan shtoklar va litiyli slyudalar hamda topaz bilan boyitilgan, o’zida yupqa xolxolli kolumbittantalit, mikrolitlar bo’lgan mikroklinkvarsalbitli granitlar gumbazlaridan tuzilgan. Pegmatitlarning buzilishi natijasida yuzaga kelgan nurash pusti, dellyuvialallyuvial va allyuvial sochmalar o’zida kassiterit va kolumbittantalit minerallar guruhini tashkil qiladi. Loparit tarkibli nefelinlisienitlar luyavirit, foyalitlardan tarkib topgan. Undan tashqari, karbonatitli va ular bilan assosiasiyadagi forsteritapatitmagnetitli jinslardan; mikroklinalbitli rebikit ishqorli granitlar va granosienitlardan iborat kompleksli tantalniobiy rudali konlardan sanoatda foydalaniladi. Ozroq mikdordagi tantallar greyzenli konlardagi volframitlardan olinadi. Tantal rudalari gravitatsion metod bilan boyitiladi; juda oz xol xollik bo’lganda flotatsiya metodi qo’llaniladi. Kontsentratlari 13-15% (3 nav) dan 26% (2 nav) gacha va 40% Ta2O5(1 nav); tantalniobiy rudalaridan olinadigan Ta2o50,4— 0,6% dan 1 — 4% gacha bo’ladi. Tantal rudalari xorijda Manitoba, Bernikleyk (Kanada), Paraiba, Riugrandidunorti (Braziliya), Shaba (Kongo demokratik Respublikasi) va boshqa konlarda mavjud.