TANSIQBOYEV O’ROL
TANSIQBOYEV O’ROL (1904.14.1 Toshkent — 1974.18.4) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi. O’zbekiston xalqrassomi (1944). Penza rassomlik bilim yurtini tugatgan (1924), O’zbekiston davlat san’at muzeyi krshidagi tasviriy san’at studiyasida ta’lim olgan (1924— 28). Tansiqboyevning izlanishlar davri bo’lgan 20—30 yillardagi ijodi uslub, janr, mavzu rangbarangligi bilan ajralib turadi. Dastgox. va monumental san’atda tarixiy, maishiy va portret janrlarida asarlar yaratdi. G’arbiy Yevropa yangi san’ati, Meksika monumental rassomlari ijodi, O’rta Osiyo devoriy rassomligi va miniatyura san’ati uslublarini o’rgandi va shular ta’sirida ijod qildi (“O’zbek portreta”, 1927; “kurash”, “karvon”, 1929; “o’tovda”, 1931 va boshqalar). 30 yillardan ob’yektni aniq tasvirlash Tansiqboyev ijodining muhim belgisiga aylandi, unda manzara janri etakchi o’rin egalladi. Tansiqboyev manzaralar tasviriga hayotiy lavha, inson faoliyatini ifodalovchi unsurlar kiritishga intildi (“moviy manzara”, 1935; “tungi sug’orish”, 1942). 2-jahon urushi yillarida (1942) Moskva yaqinidagi jang bo’lib o’tgan yerlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan rassomning “urush yo’llarida” asarlar turkumi maydonga keldi. Urushdan keyin qishloq hayotiga bag’ishlangan asarlar yaratdi: “tog’dagi kolxoz” (1949), “Sholikor kolxozda”, “G’o’za sug’orish” (1949), “O’zbekistonda bahor” (1950). Ona yurtning umumlashma badiiy obrazini yaratish yo’lidagi izlanishlari samarasi sifatida bir qancha asarlari yuzaga keldi (“jonajon o’lka”, 1951; “Issiqko’lda oqshom”, 1951; “Tog’dagi yaylov”, 1953; “tog’da kuz”, 1954 va boshqalar), ular orasida industrial manzaralar ham uchraydi (“Qayroqqum GESi tongi”, 1957 va boshqalar). “Tog’dagi qishloq”, “Oqshom” (1962), “Angren — Qo’qon yo’li” (1962), “Chorvoq qurilishida” (1970), “Mirzacho’l kanali” (1971) kabi liroepik asarlarida O’zbekistonning tabiati hamda inson mehnati tufayli o’zgarib borayotgan qiyofasi o’z aksini topgan. “Jonajon O’zbekiston” manzaralari turkumi (“kuz tongi”, 1972; “Oqshom”, 1972; “mening qo’shig’im”, 1972 va boshqalar) va boshqalar. Tansiqboyev asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy to’gshamlarda saqlanadi. Rassom 1967— 74 yillar yashagan uyi Tansiqboyev uymuzeyiga aylantirilgan (1981). Uymuzeyda ijodiy ustaxona, mehmonxona va boshqa xonalar bo’lib, ko’plab hujjatli arxiv materiallari, rassomning ko’rgazmalarda namoyish qilingan mashhur asarlari saqlanadi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureata (1973). Vafotidan so’ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2001). Ad.: Veymarn B.V., Ural Tanso’kbaev, M., 1958; Karimov H., Tabiat kuychisi, T., 1970; Taktash R. X., Ural Tanso’kbaev, T., 1980;O’rol Tansiqboev uymuzeyi, T., 1984. Tursunali Qo’ziev.