TANQID
TANQID — 1) biror narsaga baho berish maqsadida uni taxlil qilish, muhokama qilish (masalan, adabiy tanqid); 2) muayyan narsa haqida salbiy fikr bildirish; 3) kamchiliklarni atroflicha asoslash va hal etish maqsadida bildiriladigan fikr-mulohazalar yig’indisi. Shu jihatdan Tanqidga taraqqiyot omili sifatida qaraladi. Tanqid asosli bo’lsa, uni hisobga olish mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga olib kelib, taraqqiyotga ijobiy ta’sir qiladi. Tanqid ayrim hollarda arzimas nuqsonlarni bo’rttirib ko’rsatish, erkin fikr bildirish imkonini suiiste’mol qilish evaziga mavjud muhitda keskinlikni yuzaga keltirishi mumkin. Tanqid ayrim shaxe, guruh, jamoaga, aniqrog’i, ular faoliyatining natijalariga ham qaratiladi. Bunda shaxsiy manfaatlar bilan umum manfaatlari uyg’unligi ta’minlansa, tanqidiy fikrlar umum manfaatiga xizmat qiladi.