IVCHENKO ALEKSANDR GEORGIEVICH

IVCHENKO ALEKSANDR GEORGIEVICH [1903.10.(23).9, Zaporoje viloyati, Tokmak shahri — 1968.30.4, Zaporoje] — aviatsiya dvigatellari konstruktori, Ukraina Fanlar Akademiyasi akademik (1964 yildan), mehnat Qahramoni (1963). Xarkovdagi mexanika-mashinasozlik institutini tugatgandan so’ng (1935) aviatsiya zavodida ishladi. Taj-ribakonstruktorlik byurosida asosiy konstruktor (1945 yildan), bosh konstruktor (1963 yildan). Aviatsiyada ishlatiladigan bir qator porshenli, Turbo-reaktiv va turbovintli dvigatellar yaratdi. U yaratgan dvigatellar ko’plab samolyot va vertolyotlarga o’rnatilgan.