IJEVSK

IJEVSK (1984-87 yillarda Ustinov) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1918 yildan), Udmurtiya Respublikasi poytaxti. Kama daryosidan 40 kilometr narida, ij daryosi sohilida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 653 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, shu jumladan, “Ijmash” ishlab chiqairsh birlashmasi (yengil avtomobillar, Motosikllar, ov miltiqlari, stanoklar va boshqalar), “Ij-Neftemash” zavodi, radiozavod, “ij-stal” ishlab chiqarish birlashmasi, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy o’quv yurti (shu jumladan udmurtiya universiteti), o’lkashunoslik, tasviriy san’at muzeylari, 4 teatr mavjud. Ijevskga 1760 yil asos solingan.