IJOR YERI
IJOR YERI (ijora) – 12-18-asrlarda ijorlar yashagan Neva qirg’oqlari va Ladoga ko’lining Janubi-g’arbidagi (hozirgi Leningrad viloyatining bir qismi) hududning tarixiy nomi. 1228 yildan Ulug Novgorod mulki, 1478 yildan Rossiya davlati tarkibida. 1584-90, 1609— 1702 yillarda Shvesiya tomonidan bosib olingan. Rossiyaga 1702-03 yillarda qaytarib berilgan, 1708 yilda Peterburg guberniyasi tarkibiga kirgan. Boshqa nomlari — Ingriya, Ingermanlandiya.
O‘xshash so‘zlar
- IJORLAR
- Ijro etuvchi hokimiyat
- Ijroqo’m buva
- Ijtihod
- Ijtimoiy darvinizm
- Ijtimoiy falsafa
- Ijtimoiy guruhlar
- Ijtimoiy himoya




