ILEK

ILEK — Qozog’iston va Rossiya Federatsiyasidagi Daryo. Ural daryosining chap irmog’i. Uzunligi 623 kilometr. Havzasining maydoni 41300 kilometr kvadrat. Mug’ojar tog’ining g’arbiy yon bag’irlaridan boshlanadi. O’rtacha suv sarfi qariyb 40 m3/ sek. Daryo qayirlari o’tzor, changalzor va o’rmonlar bilan qoplangan. Asosan, qordan to’yinadi. Noyabrning 2-yarmida muzlab, aprelning 2-yarmida muzdan bo’shaydi. Asosiy irmog’i — xobda. Ilek sohilida Oqto’ba shahri joylashgan. Ilek havzasida fosforit konlari bor.