TEYLOR (TAYLOR) JEFRI INGRAM
TEYLOR (TAYLOR) JEFRI INGRAM (1886.7.3, London 1975.27.6, Kembrij) — mexanika sohasidagi ingliz olimi, London Kirollik jamiyati a’zosi (1919). Asosiy ilmiy ishlari yaxlit muhit mexanikasita doir. Teylor Bruk turbulentlik nazariyasiga muhim hissa qo’shgan, qovushoq suyukliklar oqimi barqarorligi nazariyasini, turbulent diffuziya nazariyasini rivojlantirgan, turbulentlikning yarim empirik nazariyasini yaratgan, dislokasiyalar nazariyasiga doir muhim ishlari bor. Teylor Aero va gidro dinamikasi masalalari, yadroviy portlash muammolari, samolyot va parashyut aerodinamikasi, meteorologiya masalalari va boshqa masalalar bilan ham shug’ullangan.