TEYLOR BRUK

Ma’nosi

TEYLOR BRUK (1685.18.8, Edmonton, Midlseks — 1731.29.12, London) — ingliz matematigi. London Qirollik jamiyati a’zosi (1712 yildan). Funktsiyalarni darajali qatorga yoyish, tor tebranishi, chekli ayirmalar nazariyasiga oid muhim natijalar olgan. Magnitlarning o’zaro ta’siri, kapillyarlik, snaryadlarning uchishi, perspektiva soxalariga bag’ishlangan asarlar yozgan. Falsafa masalalari bilan ham shug’ullangan.

O‘xshash so‘zlar

T harfi: barcha so‘zlar