IGNA BURNI OQIMI
IGNA BURNI OQIMI, Agulyash oqimi — Hind okeanidagi iliq oqim, Afrikaning Janubiy Sharqiy qirg’oqlarida, 25 va 40° sh. k. lar oralig’ida Mozambik va Madagaskar dengiz oqimlarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Tezligi yil fasllariga qarab 0,7 dan 3 km/s gacha o’zgarib turadi. Igna burni oqimi G’arbiy Shamollar nomli dengiz oqimi bilan uchrashgach, okean tubiga ketadi. Suv temperaturasi Fevralda 20-27°, avgustda 16-22°. Sho’rligi 35,5%”.