IKONOGRAFIYA
IKONOGRAFIYA (Yunoncha eikon — tasvir, obraz va … grafiya) — tasviriy san’atda biror shaxs yoki syujetli ko’rinishni tasvirlashda belgilangan qat’iy tartib, qoida. Ikonografiya qoidalari qadimda san’at bilan diniy urf-odatlar, marosimlarning munosabatlari zaminida yuzaga kelgan hamda u shaxs va lavhalarni tanib olishni yengillatishga va ularni tasvirlash qoidalarini ma’lum diniy qarashlar bilan kelishishga yo’naltirilgan (Masalan, xristian san’atida Momohavo, Iso, “bayramlar” Ikonografiyasi). San’atning yangi mazmunlar bilan boyib borishi tufayli Ikonografiya qoidalari asta-sekin o’zgarib bordi va murakkablashdi. Ikonografiya — san’atshunoslikda biror shaxs yoki syujetli ko’rinishni tasvirlashda belgilangan tipologik belgilar va kridalar tasnifi va tizimi.