FYUCHERS
FYUCHERS (lotincha futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qog’ozlarni hoz. amalda bo’lgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish bo’yicha bitishuvlar. Bitishuv ijrosiga qadar xaridor kamroq kafolat summasini (zakalat) beradi. Aksariyat hollarda Fyuchers bitimlari tovarni uzil-kesil xarid qilish yoki sotish maqsadlarida emas, balki kelgusi bitishuvlarga nakd tovarni g’amlash yoki tovarni keyinchalik qayta sotish xisobidan fonda olish maqsadlarida tuziladi. Hali ishlab chiqarilmagan tovarning namunalari bo’yicha oldi-sotdi bitishuvlarini ham Fyuchers deb atash mumkin. Fyuchers to muddati kelguniga qadar birjalarda maklerlar tomonidan ko’p marta qayta sotiladi va sotib olinadi.