IDIOFONLAR

IDIOFONLAR (Yunoncha idios — o’ziga xos va phone — tovush) — bevosita o’zi sado beruvchi materiallardan yasaladigan musiqa cholg’ulari. Idiofonlar, odatda, tabiatan muayyan sadoli materiallar (metall, yog’och, shisha, tosh)ning o’zidan iborat bo’ladi; ba’zan ulardan cholg’uning sado manbai yasaladi. Sadolantirish usuliga ko’ra, Idiofonlar quyidagilarga bo’linadi: chertma Idiofonlar (changqo’biz), friktsion (ishqab sadolantiruvchi) Idiofonlar (shisha garmonika va boshqalar), urma Idiofonlar (Gong, zang, ksilofon, qayroq, qo’ng’iroq, lappaklar, va boshqalar).