FURE (FOURIER) FRANSUA MARI SHARL

FURE (FOURIER) FRANSUA MARI SHARL (1772.7.4, Bezanson — 1837.10.10, Parij) — frantsuz sosiologi, utopik sotsialist. Burjua tuzumini tanqid qilib, bo’lajak jamiyat rejasini ishlab chiqqan. Uningcha, inqirozni boshidan kechirayotgan tsivilizasiyalashgan jamiyat o’rniga uyg’unlikka asoslangan, insonning barcha krbiliyatlari namoyon bo’ladigan oliy ijtimoiy tuzum keladi. Bu jamiyatning boshlang’ich yacheykasi sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini birlashtiruvchi “falanga” (juda katta jamoa) lardir. Fure ga ko’ra, sosialistik g’oyalarni tinch yo’l bilan targ’ib qilish orqali yangi jamiyat qaror topadi. Asosiy asarlari: “To’rt harakat va mushtarak takdirlar nazariyasi” (1808), “Jahon birligi nazariyasi” (1822), “uy va yer ishlari uyushmasi haqidagi risola” (1822), “yangi xujalik sotsietar dunyosi” (1829).