ISHQORLI TOG’ JINSLARI

ISHQORLI TOG’ JINSLARI tarkibida ishqorli metallar nisbatan ko’p bo’lgan magmatik tog’ jinslari. Ishqorli tog’ jinslarining asosiy jins hosil qiluvchi minerallari; ishqorli dala shpatlari, ishqorli piroksenlar va amfibollar, feldshpatidlar guruhiga mansub minerallar (nefelin, leytsit, sodalit). Ishqorli tog’ jinslarining bir necha turlari ma’lum: nefelinli sienitlar, ishqorli granitlar, ishqorli gabbro, miaskitlar, urtitlar, kimberlitlar va b. Ishqorli tog’ jinslari magmaning kristallanishidan, shuningdek, metamorfizm jarayoni natijasida hosil bo’ladi. Ishqorli tog’ jinslari Rossiya Federatsiyasi (Kola yarim oroli, Ural, Sibir), O’rta Osiyo, Zakavkaze, Ukrainada ma’lum. O’zbekistonda Quljuqtov va Chatqol tog’larida topilgan. Ishqorli tog’ jinslarida apatit va Nodir metall konlariuchraydi. Grenlandiya, Kanada, Braziliya, Janubiy Afrikada nefelinli ruda konlari bor.