IQTISODIY FAOL AHOLI

IQTISODIY FAOL AHOLI – aholining daromad keltiradigan ijtimoiy foydali mehnat bilan band bo’lgan qismi (xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari, shaxsiy yordamchi xo’jaligida ishlovchilar, bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar ham kiradi). Ko’pgina mamlakatlarda ish bilan band bo’lganlar va ularning qaramog’idagilar, davlat qaramog’idagi shaxslar va ishsizlar ham iqtisodiy faol aholi hisobiga kiritiladi. Rasmiy statistikada mamlakatdagi 16-59 yoshdagi mehnatga layoqatli aholi Iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. O’zbekistonda Iqtisodiy faol aholi 9018,4 ming kishidan iborat bo’ldi. Iqtisodiy faol aholi jami aholining 36,6, mehnat resurslarining esa 71,6 foizini tashkil etdi (2000).