IBODULLAYEV SATTORXON
IBODULLAYEV SATTORXON (1930.2.1 — Janubiy Qozog’iston, Turkiston shahri, Qarnoq qishlog’i) — geolog olim. O’zbekistonda (1975), Qoraqalpog’istonda (1994) xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Geologiya mineralogiya fanlari Doktori (1976), professor (1979). O’rta Osiyo universitetining Geologiya fakultetini tugatgan (1951). 1953-67 yillarda ToshDU da ishlagan. O’rta Osiyo geologiya va xom ashyo ilmiy tadqiqot instituti direktori (1976 — 81), ToshPI geologiya va razvedka fakultetida kafedra mudiri (1981— 83), O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig’i (1983-88), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jalik mexanizatsiyalash muhandislari instituti prorektori (1988-92), rektori (1992-95), geodeziya kafedrasi mudiri (1995 yildan). Ibodullayevning ilmiy ishlari geologiya-geodeziya masalalariga bag’ishlangan.