TSIRKUL

TSIRKUL (loticha cirkulus — doyra, aylana) — aylana va yoylar chizish, kesmalarning uzunligini o’lchash va o’lchamlarni ko’chirish uchun mo’ljallangan chizmachilik asbobi; parger. Uning rejalash (yoki bo’lish), chizmachilik (yoki doiraviy), proportsional turlari bor. Rejalash Tsirkuli chiziqli o’lchamlarni o’lchab, boshqa joyga (qog’ozga) tushirish uchun mo’ljallanadi. Chizmachilik Tsirkuli diametri 300 millimetrgacha bo’lgan aylanalarni chizishda ishlatiladi (diametri 2-80 millimetrli aylanalarni chizish uchun mo’ljallangan Tsirkul krontsirkul, diametri 300 millimetrdan katta aylanalarni chizishda ishlatiladigan Tsirkul shtangentsirkul deb ataladi). Proportsional Tsirkul o’lchab ko’chiriladigan o’lchamlarning masshtabini o’zgartirishga imkon beradi. U deyarli barcha sohalarda ishlatiladi.