INDEKS

INDEKS (lotincha index — ko’rsatkich, ro’yxat) — 1) nom, ism va shu kabi ko’rsatkichi, ro’yxati. Shartli ifodalar (harfli, raqamli) tizimi, masalan, bibliografik Indeks, nashriyot Indeksi, kitob savdosi Indeksi, pochta Indeksi, oziq-ovqat mollari, dorilarning chiqarilgan vaqti va saklash muddatini ifodalaydigan Indekslar va boshqalar; 2) matematikada — ifodalarni bir-biridan farq qilishi uchun ularning yoniga yoziladigan belgilar — son yoki harflar. Masalan, a,, ar X5, XP, U1, u’ (bunda: 1, i, 5, n, j — indekslar). Sonlar nazariyasi va boshqa sohalarda ham maxsus Indeks tushunchasi bor.