IOANN PAVEL II
IOANN PAVEL II (Joannes Paulus) (1920.18.5, Krakov shahri yaqinidagi Vadovitse degan joy) — Rim papasi, Rim Katolik cherkovi va Vatikan davlati boshlig’i. Fuqaro nomi — Karol Voytila. Temir yo’l xizmatchisi oilasida tug’ilgan. 1938 yilda gimnaziyani tugatib, Krakovdagi Yagellon unti falsafa fakultetiga o’qishga kirdi. 1946 yilda ruhoniy Rutbasini qabul qildi. 1948 yil Rimdagi “Angelikum” Dominikan universitetining falsafa fakultetini tugatdi va Polshaga qaytib turli diniy lavozimlarda ishladi, diniy seminariya va universitetda dars berdi. 1964 yildan Krakov shahri arxiepiskopi. 1967 yil iyundan kardinal. 1978 yil 16 oktabrda Rim papasi etib saylandi va Ioann Pavel II nomini oldi. Ko’pgina adabiy, falsafiy va diniy kitoblar muallifi.