IORDAN

IORDAN (485—?) — tarixchi. Asli ostgotlardan bo’lgan. 505-536 yillarda Vizantiyaning yirik sarkardasi Guntigis baza huzurida kotib bo’lib ishlagan. Iordanning mashhur “getika” (“getlarning kelib chiqishi va faoliyati”) (551-yil) asarida Sharqiy Yevropa, qora dengizning shimoliy qirg’oqlarida 4-6-asrlarda yashagan got, bir qator turkiy, slavyan qabilalari to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa, gunnlar, kuturg’urlar, uturg’urlar va boshqa turkiy qabilalar, ularning kelib chiqishi, tarixi to’g’risida ma’lumotlar e’tiborga sazovor.