IORDAN
IORDAN, Nahr ushshari’a — G’arbiy Osiyodagi daryo, ko’p qismi Iordaniya hududida. Uzunligi 252 kilometr. Jabal ush-Shayx (Harmun) tizmasidan boshlanadi. Meridional yo’nalishdagi hor (Alhor) tektonik cho’kmasidan oqib, chuchuk suvli havla va Tabariya (G’anisaret) ko’llari orqali o’tadi va o’lik dengizga quyiladi. I.ning yuqori oqimida vodiysi tor, ostonalardan o’tgan joylarda sharsharalar hosil qilgan. Suv sarfi 50 m3/sek. Grunt va ko’llardan suv oladi. Eng katta irmog’i — Yarmukning Iordanga quyilishiga yaqin joyda to’g’on va katta GES qurilgan. Daryodan sug’orishda foydalaniladi. Iordan vodiysi — Iordaniyaning asosiy dehqonchilik rayoni.