KAINIT

KAINIT (Yunoncha kainos — yangi) — sulfatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi KMg(SO4)Cl-3H2O. Mineral o’ta gigroskopik, havoda to’zuvchi donador va po’stloqsimon oqish massalardan iborat. Monoklin singoniyali; rangi tarkibidagi qorishmalarga bog’liq holda turlicha bo’ladi — sarg’ish, kulrang ba’zan qizil; shishasimon yaltiroq; suvda oson eriydi. Qattiqligi 2,5—3; zichligi 2-2,2 g/sm3. Sulfatli tuz konlarida vujudga keladi, kizeritli, karnallitli, galitli va boshqa aralashmalarda ko’p uchraydi. O’zbekistonda keng tarqalgan. Qishloq xo’jalik o’g’itlari uchun, kaliy va magniy tuzlarini olishda xom ashyo sifatida foydalaniladi.