Kakku, oddiy kakku
Kakku, oddiy kakku (Cuculus canorus) — kakkusimonlar turkumi- ga mansub qush. Tanasining uz. 33-38 sm, og’irligi 100 g gacha. Qanoti kal- ta, dumi uzun. Pati ko’ng’ir kulrang yoki qo’ng’ir sarg’ish, qorin tomoni oqish bo’lib, qoramtir yo’l-yo’l. Evropa va Osiyoning o’rta va Jan. hududlarida keng tarqalgan. Uchib ketadigan qushlardan. Uya qurmaydi, tuxumini chumchuqsimonlar uyasiga tashlab ketadi. Shuning uchun K. chumchuqsimonlar uya quradigan de- yarli barcha biotoplarda tarqalgan. O’zbekistonning hamma daraxtzorlarida uchraydi. May— avg. oylarida 12-25 ta tuxum qo’yadi. Tuxumdan ochib chiqqan K. jo’jasi uya egasining tuxumlarini uyadan chiqarib tashlaydi. Boshqa qushlarning uyasini buzishi tufayli K. birmuncha ziyon etkazadi. Hasharotlar va ularning kurtlari, shu jumladan, boshqa qushlar tegmaydigan paxmoq qurt (tengsiz ipak qurti) b-n oziqlanib, foyda keltiradi.