KAKLIKUCHAR G’ORI

KAKLIKUCHAR G’ORI – Xo’jaobod tumanidagi g’or, olay tizmasining shimoliy tarmog’i Chilmayram tog’ining Janubiy yon bag’rida, 1350 metr balandlikda, tog’ etagidan balandligi 160 metr. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’orning 4 ta og’zi bo’lib, unga faqat birgina og’zidan kirish mumkin (eni 13 metr, balandligi 2 metr). G’or ichidagi katta xonadan turli tomonga yo’nalgan bir nechta yo’lak (har qaysisining uzunligi 12 metr, eni 4 metr, balandligi 2 metrgacha) mavjud. G’or sahnida qizg’ish gillar tarqalgan. Umumiy uzunligi 164 metr, Maydoni 600 metr kvadrat, hajmi 336 m3.