KALAMIN
KALAMIN (lotincha Calamina) — mineral, ruhning suvli ortosilikati. Kimyoviy formulasi Zn2SiO4 • N2O. Kristallari rombik singoniyali, tayoqchasimon va ignasimon hamda toshma, donador va zich hosilalar ko’rinishida. Rangi tussiz, oq, sarg’imtir-yashilroqdan zangorigacha. Yashil-zangori tusda tovlanadi. Aliq ifodalangan piroelektrik xususiyatlarga ega. Qattiqligi 4-5; zichligi 3,4—3,5 gramm/santimetr. Smitsonit va villemit bilan birgalikda qo’rg’oshin- ruxli konlarning oksidlanish zonasida vujudga keladi. Rux rudasi sifatida ma’lum. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududlarida (Olmaliqdagi Qo’rg’oshinkon, Qoramozorning ko’pgina konlari) keng tarqalgan.
O‘xshash so‘zlar
- KALAMBO
- Kalamushlar
- KALAMITNAMOLAR
- KALAM APUL PAKIR JAYNULOBIDDIN ABDUL
- Kalan,dengiz qunduzi, Kamchatka susari
- KALANDR
- Kalava IP, yigirilgan ip
- Kalaxari


