KALIT

Ma’nosi

KALIT (musiqada) — besh qatorli nota yo’lining birortasiga qo’yiladigan maxsus belgi. Kalit aynan shu chiziqda joylashgan nota nomi va balandligini, ayni paytda barcha chizikdagi notalarda ifodalangan tovushlar balandligini belgilaydi. Zamonaviy nota yozuvida, asosan, “sol” (“skripka”), “FA” (“bas”), ba’zida “do” (“Alt”, “tenor” va boshqalar) Kalitlari qo’llaniladi.

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar