Kaliy

Ma’nosi

Kaliy (Arab, al-kali — potash; lot. Kalium), K. — Mendeleev davriy siste- masining I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, at.m. 39,0983. Ikkita barqaror izotop — 3″K(93,259%), 4|K(6,729%), shuningdek, radioaktiv izotop 40K(T|/2= 1,32 — 10″ y.)dan iborat. Ingliz fizigi va kimyoga — ri g. Devi 1807 y.da K. gidroksid (kon) ni elektroliz qilib, K. metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809 y.dan u «kaliy» deb atala boshladi. K. kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar (mas, dala shpati, slyuda, silvinit, karnallit, Kai- nit, alunit va b.) tarkibida uchraydi. K. inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. K. tabiatda keng tarqalgan, er po’stidagi miqdori og’irlik jihatidan 2,41%. Suyuqlanish t-rasi 63,51°, qaynash t-rasi 76G, zichligi 862,9 kg/m3. Birikmalar- da bir valentli, atom radiusi 0,2313 nm, ion radiusi (qavsda koordinasion son keltirilgan) K+ 0,151 nm (4), 0,152 nm (6), 0,160 nm (7), 0,165 nm ( 0, 0,178 nm (12). Kumush kabi oq, yumshoq, engil metall. K.ni presslash, pichoq b-n ke- sish mumkin. Havoda tez oksidlanadi (qizdirilganda yonadi); shuning uchun K. kerosin, benzin yoki mineral moy- da saqlanadi. Suv b-n reaktsiyaga kiri- shib, K. gidroksid (kon), vodorod b-n birikib, K. gidrid (kn), metallar b-n intermetall birikmalar (mas, Na2K) hosil qiladi. Sanoatda K. Kon yoki KCI ga Na metali ta’sir ettirish usuli b-n olinadi. Suyultirilgan kon yoki KS1 dan elektroliz usuli b-n ham K. olish mumkin. K. birikmalari fotoelement- lar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va b. i.ch.da, o’g’it sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi. Kaliy birikmalari. Kaliy gidroksid (uyuvchi kaliy), kon — rangsiz kristall modda, kuchli ishkrr. Suyuqlanish t-rasi 380°, qaynash t-rasi 1325°, zichligi 2,044 g/sm3. Gigroskopik modda. Suvda eruv- chanligi 49,4% (0° da), etanolda 27,9% (28° da), metanolda 35,5% (28° da). K.g. kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Suyuq sovun va kaliy- ning boshqa birikmalarini olishda, ishqoriy akkumulyatorlarda, H2S, SO2 va SO2 ga adsorbent, NH3 N2O, RN3 va b. uchun qurituvchi sifatida qo’llaniladi. Kaliy oksid, K2O — rangsiz Kristal- lar. Suyuklanish t-rasi 740°; zichligi 2,32 g/sm3. Havoda SO2 ni yutib K2SO3 ga aylanadi. Suv b-n shiddatli reak- tsiyaga kirishib, kon hosil qiladi. Spirt va efir b-n ta’sirlashadi. K.o. kaliyga kon, K2O2, KNO2 yoki KNO3 ta’sir etgirib olinadi. K N O 2 + 3 K = 2 K 2 O + 1 / 2 N 2 ; 3 K N 3 + K N O 2 = 2 K 2 O + 5 N 2 K.o. — maxsus shishalar kompo- nenti, NH3 sintezida faollov- chi modda sifatida qo’llaniladi. Kaliy xlorat, Bertolle tuzi, KS1O3 — xlorat kislota (NSYU3)ning kaliyli tuzi. Rangsiz kristall modda, zichligi 2,32 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 356°. Suv- da oz eriydi. Qizdirilganda parchalana- Di va kislorod ajralib chiqadi. Organik moddalar va fosfor ta’sirida port- laydi. Zaharli. Gugurt sanoatida, pi- rotexnikada va tibbiyotda ishlatiladi. Kaliy tsianid, KCN — rangsiz kri- Stall modda. Suyuqlanish t-rasi 634,5°; zichligi 1,56 g/sm3. Suv, gliserin, formalin, metanol va suyuq ammiakda eriydi. Etanolda yomon eriydi, ugle- vodorodlarda erimaydi. Kon ta’sir ettirib olinadi. Ma’danlardan ol- tin va Kumushni ajratib olishda, ana- litik kimyoda kumush, nikel va simob miqdorini aniqlashda, platinani ku- mushdan ajratib olishda ham galvanic usulda oltin va kumush yugurtirishda qo’llaniladi. O’ta zaharli, nafas yo’llari to’qimalarini falaj qilib qo’yishi natijasida odam va hayvonlarning bo’g’ilib qolishiga olib keladi. Stalina Qosimova.

O‘xshash so‘zlar

K harfi: barcha so‘zlar